Pike "Real" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlash uchun 5300 evroni vinoga sarfladi + FOTO

Tolibjon Qosimov
25 dek 2017, 21:56
"Barselona" yilning so'nggi o'yinida "Real"ni safarda 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Kataloniyaliklar turnir jadvalida madridliklardan 14 ochkoga ilgarilab ketishdi. Xerard Pike o'yindan so'ng instagram sahifasiga 3 shisha vino rasmini joyladi.


"Marca" nashri jurnalistlari bu vinolar jami 5300 evro turishini hisoblab chiqishdi. Pike shunday izoh qoldirgan: "Bugun u bunga loyiq".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com