Pike: "Real" haqli ravishda peshqadamlik qilmoqda"

Tolibjon Qosimov
28 noya 2016, 20:25
"Barselona" futbolchisi Jerar Pikening aytishicha, "Real" jamoasi haqli ravishda Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

U shuningdek madridliklarga qarshi o'yin juda muhimligini ta'kidlab o'tdi.

"Ushbu o'yin biz uchun juda muhim. Ishonchim komil, muxlislar ushbu bahsda "Barselona"ni qo'llab-quvvatlaydilar. Bizni oldinda Ispaniya chempionatida haqli ravishda peshqadamlik qilayotgan jamoaga qarshi o'yin kutib turibdi", - deydi Pike.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca