Pike 0:0 hisobidagi durang uchun jamoalarga ochko bermaslikni taklif qildi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2025, 15:08
"Barselona" sobiq himoyachisi Jerar Pike o'yin 0:0 hisobida yakunlangan taqdirda jamoalarni ochkodan mahrum qilish taklifini ilgari surdi

"Futbol stadioniga 100, 200 yoki 300 evro sarflab kirganingizda, o'yin 0:0 hisobida tugamasligi kerak. Nimanidir o'zgartirish zarur. Ko'rib chiqilishi mumkin bo'lgan takliflaridan biri sifatida aytishim mumkinki, o'yin 0:0 hisobida yakunlansa, jamoalar ochkoga ega bo'lmasligi lozim. U holda 70-daqiqadan boshlab uchrashv ochiqroq o'tadi", – dedi Pike.

Eslatib o'tamiz, Jerar Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilda faoliyatini tugatgan. Faoliyati davomida u Ispaniyaning ikkita klubi – "Saragosa" va "Barselona"da, shuningdek, Angliyaning "Manchester Yunayted"ida o'ynagan.  Pike ayni paytda Segundada o'ynaydigan "Andorra" futbol klubi prezidenti hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca