PFL qolgan 4ta turning barcha stadionlari va boshlanish vaqtini bir paytda e'lon qilishi kerak

Xayrulla Xoliqov
26 iyul 2020, 13:01
Shunday qilib Superliga birinchi davrasining navbatdagi 4 turi uchun yangi sanalar e'lon qilindi.

Koronavirus pandemiyasi tobora avj olayotgani bois buyog'iga o'yinlar markazlashgan holda davom ettiriladi. Buning natijasida 3 avgustdan 15 avgustgacha (9 avgust, yakshanbani hisobga olmaganda) 12 kunda 28ta o'yin bo'lib o'tadi. 

PFL tur o'yinlarini katta ehtimol bilan "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Paxtakor", AGMK va "Metallurg" stadionlarida o'tkazadi, faqat hozircha qaysi o'yin qayerda bo'lib o'tishi aytilmagan. 

Ma'lumki, PFL o'yinlar boshlanish vaqtini har doim turdan turga aytib kelgan. Lekin endi markazlashgan holda o'tkazilishi bois mana shu 4ta turdagi barcha uchrashuvlarning boshlanish vaqti va eng muhimi qaysi stadionda bo'lib o'tishini bir paytda e'lon qilishiga to'g'ri keladi. 

Negaki bu o'rinda turdan turga e'lon qilish uchun vaqt yo'q. Qolaversa klublar keyingi 4ta o'yinning qayerda va soat nechada boshlanishiga qarab qisqa vaqt ichida shunga ko'ra hozirlik ko'rishadi. Shuningdek, bu tomondan PFLning o'ziga ham qulay bo'ladi. 

Uchrashuv rasmiylar turdan turga e'lon qilib borilgani maqul, bu etikaga ham to'g'ri keladi. Ammo klublar qaysi stadionda o'ynashini vaqtliroq bilgani maqul deb o'ylaymiz.

P.S. Bu o'rinda yana bir masala borki, U-21 musobaqasining ham navbatdagi 4 turi uchun o'yinlar bo'ladigan stadionlarni vaqtli aytishga to'g'ri keladi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia