Pep "Milan"ga imkoniyat boy berilgach: "Man Siti" bugun yaxshiroq o'ynadi"

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024, 14:03
Pep Gvardiola "Man Siti"ning o'rtoqlik uchrashuvida "Milan"ga imkoniyatni boy berganiga (2:3) baho berdi.

"Biz birinchi o'yindagidan ["Seltik" bilan – 3:4] yaxshiroq harakat qildik va bazi futbolchilar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishdi. Umuman olganda yomon emas, jamoa yaxshi o'yin namoyish qildi va Chempionlar Ligasi ishtirokchisiga qarshi ishonchli harakat qildik.

Bu oldinga tashlangan qadam: biz jarohatlardan qutilib qoldik, futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va bir necha kun o'tib, keyingi bahsga ["Barselona"ga qarshi] yo'l olamiz", – dedi "Man Siti" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal