Pep Gvardiola: "APLda g'alaba qozonish haqida o'ylamayapman"

29 noya 2019, 21:55
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 14-turida "Nyukasl"ga qarshi bahsdan avval fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Nyukasl"ga qarshi safarda har doim qiyin bo'lib kelgan. Qiyin imtihon kelmoqda. Vaziyatni tushunib turibmiz. Oldinda "Byornli" bilan o'yin, keyin esa "Manchester Yunayted"ga qarshi derbi. 

Ayni vaqtda APLda g'alaba qozonish haqida o'ylamayapman. Birinchi navbatda "Lester"ni quvib o'tishimiz lozim, keyin esa "Liverpul". Hozir ochko yo'qotishga umuman haqqimiz yo'qligini bilaman", – deydi Gvardiola.

 "Nyukasl" – "Manchester Siti" o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: manchestereveningnews.co.uk