Pentek: "Milan"da har yili hujumchi almashtirish odat tusiga kirib bo'lgan"

Mirjalol Normatov
2 fev 2020, 19:42
"Gerta"ning yangi futbolchisi Kshishtof Pentek "Milan"ni tanqid qildi.

"Berlinda meni yaxshi kutib olishdi. Muxlislar menga qarab: "Pentek piu-piu-piu", deb qo'shiq kuylashmoqda. Mendan ko'p narsani kutishayotganidan xursandman.

"Milan"da barcha narsa kuzatilishi mumkin. Balki Ibragimovich sababli meni sotishgandir. Lekin "Milan"da hujumchilarni har yili o'zgartirish odat tusiga kirib bo'lgan", - dedi Pentek.

Pentek 2019 yilning yanvaridan 2020 yilning yanvariga qadar "Milan"da o'ynadi. "Rossoneri"lar tarkibida u 41 o'yinda qatnashib, 16 bora raqiblari postiga yo'l topdi. 30 yanvar kuni forvard 27 mln evro evaziga "Gerta" safiga borib qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild