"Paxtakor"ning "Navbahor" bilan tarixiy to'qnashuvlari

Narzulla Saydullayev
12 sen 2018, 13:42
"Paxtakor"ning Namangandagi uchrashuvi oldidan bazi tarixiy o'yinlarga nazar tashlab o'tamiz.

1998 yil jamoalar "Paxtakor"ning chempionlikni nishonlagan bellashuvida to'qnash kelishgan. O'shanda Toshkentda kechgan o'yinda 2:0 hisobida "Paxtakor" g'alaba qozonib, o'zining ikkinchi chempionligini nishonlagan. 6 noyabr kuni o'tgan bellashuvni stadionda 30 ming muxlis kuzatib borgan. Igor Shkvirinning 4 va 62-daqiqalarda kiritgan to'plari "Sherlar"ning muvaffaqiyatini taminlagan. 20 yil oldin shu tariqa "Paxtakor" chempionlikni "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda nishonlagan.

1993 yil O'zbekiston Kubogi finalida ham ushbu jamoalar to'qnash kelgan. No'mon Hasanov, Mirjalol Qosimov va Rifat Galeevning uch goli "Paxtakor"ga yirik g'alaba va O'zbekiston Kubogini keltirgan. O'shanda bu "Paxtakor"ning kubokdagi birinchi muvaffaqiyatiga aylangandi.

1999 yil O'zbekiston Prezidenti Kubogi finalida esa "Navbahor" 4:2 hisobida g'alaba qozongan. Mazkur bellashuv Farg'onada bo'lib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz