"Paxtakor" xorij yig'inida Turkiya, Albaniya va Makedoniya klublari bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2018, 17:10
Belekdagi yig'in chog'ida "Paxtakor"ning nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari ma'lum bo'ldi.

Nazorat o'yinlari quyidagi jamoalarga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan:

7 yanvar "Turgutluspor" (Turkiya, 3-liga)
11 yanvar "Shanliurfaspor" (Turkiya, 2-liga)
15 yanvar "Partizani" (Tirana, Albaniya Superligasi)
20 yanvar "Vardar" (Skope, Makedoniya yuqori ligasi)


Turkiyadagi yig'in 21 yanvar kuni tugaydi va "Paxtakor" Toshkentga qaytib keladi. Mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuv 30 yanvar kuni Doxada "Al-Garafa" bilan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz