

Mazkur uchrashuv kuchli shamol ostida o'tdi. Dastlab "sherlar" o'z darvozasida to'p o'tkazib yubordi. Birinchi bo'lim oxirlarida Dragan Cheran hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'lim startida Sobirxo'jaev - Banashak kombinaciyasi gol bilan yakunlandi. Ko'p o'tmay Bani yana gol urdi.
70-daqiqada Maksim Shackix yig'inda ishtirok etayotgan yoshlarni maydonga tushirdi. To'rtinchi golga Rustam Turdimurodov mualliflik qildi.
"PAXTAKOR" - "SHKUPI" 4:1
Gollar: Dragan Cheran (34), Banashak (48, 66), Turdimurodov (81).
"Paxtakor": E.Suyunov, Alijonov, Tursunov, Azmiddinov, Sayfiev, Hamrobekov, Sobirxo'jaev, Turg'unboev, Hamdamov, Cheran, Banashak.
Zaxira: Quvvatov, Shevchenko, SH.Suyunov, Usmonov, Hamraliev, O'rinboev, Poyonov, Saidnurullaev, Turdimurodov, Abdumajidov, Xolmatov, Beglarxonov, Todorov.
Foto: Jahongir Fayzullaev













