O'zbekistonlik hakamlar Turkiyada yig'in o'tkazmoqda

Sherzod Nurmatov
13 fev 2025
12 fevral kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Hakamlar markazi tomonidan Turkiyada bosh hakam va yordamchi hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi.

Yig'in davomida hakamlar Ruminiya, Ukraina, Gruziya, Moldova kabi davlatlarning jamoalari ishtirokidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqaradi. Bu esa ularning tajribasini oshirish va maydonda ishonchli boshqaruvni taminlashga xizmat qiladi.

Mazkur yig'inning asosiy maqsadi – 2025 yilgi Superliga va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlarida hakamlarning yanada samarali faoliyat olib borishini taminlashdan iborat.

Eslatib o'tamiz, hakamlar uchun tashkil etilgan mazkur yig'in 24 fevralga qadar davom etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази