

O'yinning 36-daqiqasida "Neftchi" futbolchisi raqibga nisbatan to'p uchun kurash jarayonida qo'pol harakat qilgandek ko'rindi. Biroq vaziyat tahlili shuni ko'rsatdiki, futbolchi to'p uchun kurash jarayonida OKMK o'yinchisining butsasiga to'g'ridan-to'g'ri zarba bermagan. Aliboev oyoq harakatini qaytarayotgan vaqtda Axrorovning butsasiga teggan.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko'ra, ushbu epizodda bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko'rsatilmaganligi to'g'ri qaror bo'lgan. Biroq "Neftchi" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilishi zarur edi.



