"Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvida penalti bormidi? Ekspertimiz javob beradi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2025
Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) o'z hakamlar jamoasi bilan "Nasaf" darvozasi tomon belgilangan penaltini tahlil qildi.

"Mavjud takroriy vaziyatga qaraganda, qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'landek. Shu bilan birga, hakamning ishorasidan kelib chiqib, u avvaliga jarima zarbasi belgiladi, shundan keyingina qarorini o'zgartirdi. Boshqa takrorlarni ham ko'rsak yaxshi bo'lardi, albatta.

Hakam noqulay poziciyadaligini ham qayd etish joiz. "Dinamo" futbolchisi maydon markazidagi to'p uchun kurashda g'olib bo'lganidan so'ng hakam jarima maydonchasi tomon tezlashishi kerak edi. Eng yaxshisi, epizodni ko'rish uchun biroz chaproqqa o'tishi lozim edi. O'zi turgan pozicida u vaziyatni o'yinchilar orqasidan turib ko'rdi.

Umuman olganda, bunday paytlarda qo'pollikni aniqlash yon hakamlarning ishi. Ular bu chiziqni yaxshi ko'rishadi, bu ularning vazifasiga kiradi. Yomon poziciyada turganiga qaramay, bosh hakam qoidabuzarlikni qayd etdi, biroq unga qo'pollik aynan qayerda (jarima maydonchasi oldida yoki uning ichida) ekanligini ko'rish juda qiyin. Bu erda bosh hakamga assistent yordam berishi kerak edi".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia