"Paxtakor-2002" xalqaro musobaqa g'olibi!

6 iyun 2016, 22:39
Rossiyaning Kaluga shahrida bo'lib o'tayotgan “Kaluga Junior Cup” xalqaro musobaqasida "Paxtakor"ning 2002 yilda tavallud topgan yosh futbolchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.


"Paxtakor" yoshlari musobaqaning yarim finalida "Krasnodar"dagi tengqurlarini yirik 5:1 hisobida tor-mor keltirishgan edi.

Hal qiluvchi bellashuvda esa "Dinamo Minsk" mag'lub etildi va bosh sovrin yosh "sherlar"ga nasib etdi.


Final.

"Paxtakor-2002" - "Dinamo Minsk-2002" 2:0

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia