Pavlyuchenko Eron – Rossiya o'yini oldidan: “Tojikiston va O'zbekistonga qarshi bahslardagi nursiz duranglar hafsalani pir qiladi. Ammo…”

Eldor Akmurzayev
22 mar 2023, 09:10
“Tottenxem”, “Spartak” kabi jamoalar sobiq a'zosi Roman Pavlyuchenko Eron – Rossiya bahsiga o'z taxminini bildirdi.

“Barcha rossiyalik ishqibozlar uzoq kutgan o'yin – termamiz va Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi. Biroq, Karpin shogirdlaridan yirik g'alaba kutmayapman. Eron etarlicha kuchli.

Rossiya termasi oxirgi o'rtoqlik o'yinlarida muxlislarni xursand qila olmadi – Tojikiston va O'zbekiston bilan 0:0 lar hafsalani pir qiladi. Biroq, Karpin o'sha o'yinlarga ko'plab yoshlarni jalb qilishga qaror qildi. Hozir esa tarkib tajribali o'yinchilardan yig'ilgan.

Ammo Eronga past baho berib bo'lmaydi. Jamoa Qatardagi mundialda shunchaki ishtirok etmadi. U yerda jamoa hatto Uelsdan (2:0) ustun kelishga erishdi. G'alinoyi jamoasining o'yinini ko'rdim, ancha jiddiy raqib.

Agar asosiy o'yinchilar, jumladan Sardor Azmun (biroz jarohati bor) Eron termasida bo'lsa, Rossiyaga oson bo'lmaydi. Bundan tashqari, termamiz xalqaro musobaqalarda anchadan beri ishtirok etmayapti va 1 yildan oshiqroq muddat davomida kuchli raqiblar bilan o'ynamayapti, Eron esa kuchlilar qatorida.

Qolaversa, Karpin jamoasining bir qancha asosiy o'yinchilari jarohati tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Shu tufayli, o'yinda g'olib aniqlanmasa kerak deb o'ylayman”, degan Pavlyuchenko.

Eslatib o'tamiz, Texronda o'tadigan bahs 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru