Pavlyuchenko: "Menimcha, "Manchester Siti" Dortmundda ishonchli ravishda g'alaba qozonadi"

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022
"Spartak", "Tottenxem" va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Roman Pavlyuchenko Chempionlar Ligasi doirasidagi "Borussiya" Dortmund – "Manchester Siti" o'yini qanday yakunlanishini taxmin qildi.

"Borussiya" so'nggi paytlarda juda yaxshi ko'rinmoqda va ikkita ishonchli g'alabaga erishdi, ularda birorta ham to'p o'tkazib yubormadi, bu muhim. "Manchester Siti" oxirgi turda qoqilib, "Liverpul"ga yutqazib qo'ygan holda, ligada "Arsenal"ga yaqinlasha olmadi. Biroq bu holat "shaharliklar"ning o'zlari ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'alaba qozonish istagi va holatiga ta’sir qilmaydi. 

Nazarimda, ikki guruh yetakchilarining uchrashuvi maydon egalari uchun qiyin kechishi kutilmoqda. "Qovog'arilar" hali ham yuqoriga chiqish uchun matematik imkoniyatga ega, lekin ular hatto uyda ham bazan barqarorlikni yo'qotadilar. Agar dortmundliklar gol o'tkazib yuborishni boshlasa, u kamdan-kam hollarda bitta to'p bilan cheklanadi. O'ylaymanki, "shaharliklar" albatta gol urishadi va bu bitta bo'lmaydi. Mezbonlarda bunday dahshatli raqibni ushlab qolish uchun etarli resurslar yetishmaydi va ular yo'l berishadi", – dedi Pavlyuchenko.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ВсеПроСпорт