Pavar Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
16 avg 2025
Saudiya Arabistonining "Neom" jamoasi 29 yoshli fransiyalik himoyachi Benjamen Pavar bilan bog'landi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Jurnalistning qayd etishicha, saudiyaliklar hozircha "Inter" rahbariyatiga aloqaga chiqmagan. Biroq bu yaqin orada sodir bo'lishi kerak. Kelishuv taqdiri Pavarning o'zi Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishni istashi yoki istamasligiga bog'liq.

Benjamin Pavar 2023 yildan beri "Inter"da o'ynamoqda. Himoyachi o'tgan mavsum A Seriyada 23ta o'yinda maydonga tushdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano