Pairav Vohidov: "Kamroq xato qilib, imkoniyatlardan ko'proq foydalangan jamoa g'alaba qozonadi"

Оқил Абдубарноев
20 sen 2024, 16:40
Futzal bo'yicha jahon chempionati "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya – Tojikiston (3:2) uchrashuvidan so'ng tojikistonliklar bosh murabbiyi Pairav Vohidov mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.

"O'yin yaxshi va raqobatbardosh ruhda o'tdi. Shogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi, hatto hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi. Kim kamroq xato qilib, imkoniyatlardan ko'proq foydalansa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi, bugun shunday hodisa ro'y berdi.

Oldinda yana bir o'yinimiz bor. Hech bo'lmaganda, mundialdagi ishtirokimizni g'alaba bilan yakunlash uchun 3 ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz. 

Bizda individual hamda jamoaviy xatolar sodir bo'ldi. Balki bu hayajon ta’siridandir. Portugaliyaning saviyasi ko'p narsani aytib turibdi. 

Endi 3-turdagi raqib - Panamaning Marokash va Portugaliyaga qarshi o'yinlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Ularning zaif tomonlarini aniqlab, g'alaba qozonamiz degan umiddaman", dedi mutaxassis.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia