O'zbekistonlik 3 nafar hakam OFK rekrutingida ishtirok etdi

Narzulla Saydullayev
24 fev 2024, 15:45
Avvalroq xabar berganimizdek, joriy yilning 18-22-fevral kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFK rekrutingi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

Ushbu rekruting-seminarida 3 nafar hakamimiz - Akobirxo'ja Shukurullaev, Firdavs Norsafarov hamda Adham Rihsiboev (futzal) ishtirok etishdi.

Seminar davomida hakamlarning til bilish darajasi va jismoniy holati tekshirildi. Fitness imtihonlaridan so'ng, o'yin qoidalari bo'yicha nazariy imtihon o'tkazildi. Shu tariqa, rekrutingning dastlabki bosqichi yakunlandi. Rekruting bilan bog'liq navbatdagi yangiliklar tez orada e'lon qilib boriladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎзФҲМ матбуот хизмати