O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkentda mashg'ulotlarga kirishdi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2014, 11:19
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 2 iyul, chorshanba kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkentda to'rt kun davomida mashg'ulot o'tkazadi va 6 iyul kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahriga uchib ketadi.

Avval xabar berilganidek, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlari 8 va 11 iyul kunlari Budapeshtda Vengriya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Ikkala o'yin ham Budapeshtdagi Global Sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, 21 iyun kuni O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz bergan va unga ko'ra Ravshan Haydarov O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Eslatib o'tamiz, 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com