O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Toshkentdagi yig'inini yakunladi

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2013, 10:26
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkent shahridagi yig'inini yakunladi.
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Toshkent shahrida o'zining navbatdagi yig'inini yakunladi. 22 iyul kuni mashg'ulotlarga kirishgan O'zbekiston o'smirlari yig'in davomida uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Nuraliev shogirdlari dastlab 24 iyul kuni Paxtakor yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushib, 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragani haqida avvalroq xabar bergan edik. 26 hamda 28 iyul kunlari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi yana ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

26 iyul kuni O'zbekiston o'smirlari Toshkentning Bunyodkor klubi yoshlariga qarshi maydonga tushishdi hamda Abbosbek Nematillevning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 28 iyul kuni esa, Nuraliev shogirdlari Toshkentning boshqa bir jamoasi - Lokomotiv klubi yoshlariga qarshi maydonga tushib, yirik - 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Mazkur o'yin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining yig'in Toshkent yig'ini davomidagi so'nggi nazorat uchrashuvi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionati bahslarida ishtirok etadi. Mazkur turnirning final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 26 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Nazorat o'yini. Toshkent JAR stadioni
26 iyul.
O'zbekiston U-17 - Bunyodkor (yoshlar) - 1:0
Gol:
A. Nematillev

Nazorat o'yini. Toshkent, JAR stadioni.
28 iyul.
O'zbekiston U-17 - Lokomotiv (yoshlar) - 5:0
Gollar:
X. Shamsitdinov (2ta) A. Nematillaev, S. Siddiqov, D. Hamdamov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com