O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun Toshkentda yig'in boshlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2025
Bugun Sergey Chigodaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

1 martdan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Doha shahrida davom etadi. O'smirlarimiz 3, 5 mart kunlari "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy tomonidan tarkibga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:


O'zbekiston U-16 
Darvozabonlar: Olim Shomurotov, Denis Juravlyov, Hasan Israilov

Himoyachilar: Mirjamol Anvarov, Muhammadaziz Ro'ziboev, Abubakir Rahimov, Davron Berdiyorov, Asadbek Abdualiev, Sunnat Ibragimov;

Yarim himoyachilar: Amirxon Erkinov, Farrux Xayitmurodov, Islom Ravshanov, Humoyun Sindarov, Mirkomil Murodov, Husan Atabekov, Odilxon Orifxonov, 

Hujumchilar: Bilol Kurbonov, Suxrob Sadirjanov, Axrorbek Ravshanbekov, Laziz Abduraimov, Rustam Aliev.

Bosh murabbiy: Sergey Chigodaev



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA