

"O'yin yaxshi bo'ldi. Dastlabki daqiqalarda hayajon yuzaga kelgan edi. Lekin goldan so'ng barchasi joyiga tushdi. Xudoga shukur, g'alaba qozonib muxlislarni xursand qildik.
BAA bilan o'yindan so'ng Saudiya Arabistoni ustidan g'alaba qozondik. Taktik sxemalarga o'zgartirish kiritdik. Buni esa foydasi bo'ldi. Shundan so'ng o'zimizga ishonchimiz ortdi. Bu o'yinda yutishimiz shart edi. Bizga ishonganlarni ishonchini oqladik", - deydi Jamshidbek Rustamov.



