O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotlari Bunyodkor akademiyasi maydonida soat 16.00 da boshlanadi

Alisher
7 noya 2020, 10:08
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotlari Bunyodkor akademiyasi maydonida soat 16.00 da boshlanadi. Mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

Milliy jamoamiz uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig'inga 28 nafar futbolchini jalb etdi. Ushbu yig'in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan.

6 noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig'iladi va mashg'ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha a'zolari yig'ilgach, 9 noyabr kuni tongda O'zbekiston MTJ delegaciyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo'l oladi.

Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o'tkaziladi.

→ "Tezkor studiya". Abramovga javobsiz qo'ng'iroq yoxud terma jamoaga chaqirilmaganlar haqida 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz