O'zbekiston terma jamoasi yig'inni boshladi

Tolibjon Qosimov
16 apr 2016, 17:21
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugundan Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini boshladi.

Mashg'ulotlar "Bunyodkor" jamoasi sport zalida kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Kunduzgi mashg'ulot 10:00, kechki mashg'ulot esa 17:00 da o'tkazilmoqda.

Bugungi mashg'ulotlarda yig'inga chaqirilgan 20 nafar futzalchidan faqatgina darvozabon Rustam Umarov ma'lum sababga ko'ra ishtirok eta olmadi. Qolganlar mashg'ulotda to'liq qatnashdi. Xose Mariya Mendez kunduzgi mashg'ulotda asosan to'p bilan ishlashga va pressingga ko'proq e'tibor qaratdi.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz Toshkentda 4 kun davomida mashg'ulot o'tkazadi va 20 aprel kuni xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Yaponiyaga uchib ketadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz