Manba: Kannavaro Qatardagi mashg'ulotlarga kengaytirilgan tarkibdan joy olgan futbolchilarni chaqiradi

Sherzod Nurmatov
2 yanv 2026, 15:34
Championat.asia sayti asoschisi Nodirxo'ja Yuldashev O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi yig'iniga jalb etilayotgan o'yinchilar xususida gapirdi.

"Ko'pchilik MTJdagi tarkib haqida gapiryapti. Hali to'liq tarkib chiqmagan holda aytaman, avvaliga Kannavaro ichki chempionatdagi MTJning asosiy o'yinchilari bilan yig'in qilishni reja qildi. Keyin esa fikridan qaytdi va klublardagi yetakchi futbolchilar, MTJdan joyi "garant" bo'lganlarga tegmaslikka qaror qildi.

Qatardagi mashg'ulotlarga terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan joy olgan va shu kungacha terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilarni jalb qilgan", – deyiladi xabarda.

Avvalroq Bozorov, Aliboev, Ro'ziev va Xolmurodov terma jamoadan chaqiruv olgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/Nadirkhuja