Saudiya Arabistoni va Falastin bilan o'yinlarni stadiondan ko'rish niyatida bo'lgan muxlislar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
11 noya 2019, 14:23
14 va 19 noyabr kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi maydonga tushadi.

Oldin xabar berganimizdek, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo'lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o'yini chiptalari savdosini to'liq hajmda amalga oshiradi.

Futbol muxlislaridan chipta harid qilishda e'tiborli bo'lishlarini so'rab qolamiz. Chiptalarni faqatgina iticket.uz rasmiy kassalari va internet orqali harid qiling va qalbaki chiptalardan extiyot bo'ling! 

Barcha ma'lumotlar iticket.uz saytida.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia