

Uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq oq rangda maydonga tushadi, darvozabon esa yashil libosda harakatlanadi.
Shuningdek, mazkur bahsni eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Hasan Akrami. Unga qanotlarda Hasan Zeheyri hamda Farhad Moravveji yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa suriyalik Masud Tufaylihga topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 14 iyun kuni Namanganning “Markaziy” stadionida soat 20:30 da start oladi.



