"O'zbekiston" stadioni yangi mavsumga tayyorlanmoqda

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026
Bu haqda "Yaypan Farg'ona" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Yaypan" klubining uy stadioni – "O'zbekiston" o'yingohida 2026 yilgi O'zbekiston Pro ligasi mavsumiga tayyorgarlik doirasida keng ko'lamli qurilish va ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

Maydon maysalari, sug'orish tizimi, tribunalar, yordamchi xonalar va o'quv-mashg'ulot bazasi yangilanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Яйпан Фарғона" матбуот хизмати