
18 avgust kuni bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Dilshod Nuraliev shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchishgandi . Bugungi o'yinda O'zbekiston o'smirlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'zbekiston safida Akobir To'raev hamda Jamshid Boltaboev gol urishdi.
E'tiborlisi xuddi birinchi o'yinda bo'lgani kabi eronliklar tashabbusi bilan uchrashuvdan so'ng penaltilar seriyasi tashkil etildi.
O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent. JAR stadioni.
20 avgust. Yakshanba.
O'zbekiston U-17 - Eron U-17 - 2:1
Gollar: Akobir To'raev (35), Jamshid Boltaboev (45).
O'zbekiston: Shoxruh Eshbo'taev, Oybek Erkinov, Odil Xamrobekov, Ibrohim Abdullaev, Jamshid Boltaboev, Abdulaziz Jo'raboev, Izzatilla Abdullaev, Akrom Komilov, Javoxir Siddiqov, Ravshanbek Xursanov, Akobir To'raev;
Zahiradan maydonga tushganlar: S. Karimov, SH. Ochilov, Z. Umarov, R. Ashurmatov, X.Agzamov, A.Nematillaev, D.Xushbokov, SH.Raimov.
Eslatib o'tamiz, JCH-2013 da ishtirok etadigan bu ikki jamoa 22 avgust kuni uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.