Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi 28 iyul kuni tanishtiriladi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2026, 17:05
Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi 28 iyul kuni jamoatchilikka tanishtiriladi, deb xabar berdi Fransiya futbol federatsiyasi.

Oldinroq Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi va tomonlar shartnoma shartlarini to'liq kelishib olishgani ma'lum bo'lgandi.

2.jpg

Zidan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi va 1 sentyabrdan o'z vazifasiga kirishadi. Uning qo'l ostida Fransiya terma jamoasi 2028 yilgi Yevropa chempionati va 2030 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Terma jamoa JCH-2026 yarim finalida Ispaniyaga (0:2) imkoniyatni boy berdi, keyin esa bronza medali uchun kechgan bahsda angliyaliklarga (4:6) mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fff.fr