JCH-2026'da kelishilgan o'yinlar bo'ldimi? FIFA va ekspertlar xulosasi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2026, 16:38
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon chempionatida kelishilgan o'yinlar va shubhali pul tikish faolligi belgilarini topmadi.

Bu haqda “SBC News” xabar bermoqda.

Tashkilotning maxsus ishchi guruhi turnirning barcha 104 ta o'yinini tekshirib chiqdi. Ekspertlar bukmekerlik hisobotlari va stavkalar haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, so'ng ularni monitoring ishtirokchilaridan olingan axborotlar bilan solishtirishdi.

Ishchi guruh tarkibiga UEFA, KONMEBOL, KONKAKAF, Osiyo va Afrika futbol konfederatsiyalari, shuningdek, FQB (FBR), Interpol, BMT, Yevropa Kengashi va Sportradar vakillari kirdi.

Tekshiruv yakunlariga ko'ra, stavkalarning o'yin natijalariga ehtimoliy ta’siri bilan bog'liq birorta holat aniqlanmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SBC News