O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Turkiyadagi yig'ini boshlandi

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2018, 16:05
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi xorijiy yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga uchib bordi.

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi vakillari 25 iyunga qadar Turkiyada yig'in o'tkazishadi.  

Eslatib o'tamiz, 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar Indoneziya mamlakatida Osiyo o'yinlari musobaqasi bo'lib o'tadi. Haydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz aynan mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia