Rasmiy xabar: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga boradi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2022, 12:12
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi 19-27 sentyabr kunlari navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

Timur Kapadze shogirdlari mazkur yig'in doirasida koreyalik tengdoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. Bahslar 23 va 26 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Xvason shahrida bo'lib o'tadi.

23 sentyabr
Koreya Respublikasi - O'zbekiston

26 sentyabr
Koreya Respublikasi - O'zbekiston


Eslatib o'tamiz, championat.asia sayti 21 avgust kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o'ynashi haqida xabar bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz