Eshitdik-da! O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari Janubiy Koreya bilan o'ynaydi

Alisher
21 avg 2022, 16:28
Srechko Katanets va Timur Kapadze jamoalari "Osiyo yo'lbarslari" bilan kuch sinashishadi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari mos ravishda Janubiy Koreya milliy va olimpiya jamoalari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi.

O'yinlar sentyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Janubiy Koreyada o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, 19-27 sentyabr FIFA kunlari hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia