O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2015, 08:35
Kelasi yilning yanvar oyida Qatarda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun tongda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida BAAning Dubay shahriga jo'nab ketdi.

Qatardagi Osiyo chempionatida kuchli uchlikdan joy olgan terma jamoalar 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishadi.

BAAdagi yig'in 2-14 dekabr kunlari Ajmanda tashkil etiladi va 19-28 dekabr kunlari Dubayda yig'in o'tkaziladi. Yig'in doirasida Samvel Babayan shogirdlari 7 dekabr kuni BAAning “Al Vasl”, 13 dekabrda Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Terma jamoamizning ikkinchi va shuningdek, yakuniy yig'ini ham aynan BAAda tashkil etiladi. 19-28 dekabr hamda 2-9 yanvar kunlari Dubayda bo'lib o'tadigan yig'inlardan beshta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. 20 dekabr kuni KXDR, 23 dekabrda BAA, 27 dekabr sanasida Qatar, 4 yanvar kuni Xitoy, 6 yanvarda esa Iordaniya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi.

Yig'inga jalb etilgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar: Abdumavlon Abdujalilov (“Neftchi”), Javohir Ilyosov (“Mashal”), Alibek Turobov (“Nasaf”), Asilbek Omonov (“Paxtakor”)

Himoyachilar: Sardor Rahmonov (“Neftchi”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Maksimilian Fomin (“Buxoro”), Javlon Mirabdullaev (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Abdulloh Olimov (“Andijon”), Diyor Turopov (“Olmaliq”)

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Otabek Shukurov (“Buxoro”), Javohir Rasulov (“Neftchi”), Doniyor Ismoilov (“Olmaliq”), Abbos Maxstaliev (“Neftchi”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Jahongir Abdumo'minov (“Olmaliq”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Temur Hakimov (“Oqtepa”)

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hakimov (“So'g'diyona”), Shohnazar Norbekov (“Metallurg”)

Zaxira: Muhsin Ubaydullaev (“Neftchi”)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia