Ravshan Haydarov: "Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik, to'pni nazorat qildik"

Administrator
3 sen 2025, 20:25
U-23 Osiyo kubogi saralashi doirasida Shri-Lankaga qarshi o'tkazilgan uchrashuvdan keyin O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik, to'pni nazorat qildik. Albatta, Shri-Lanka jamoasi ham yaxshi himoyalandi, ammo biz to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldik. Muhimi - bu ilk g'alabamiz va qo'lga kiritilgan uch ochko biz uchun juda muhim.

Umuman olganda, yaxshi o'ynadik. Hujumda faollik ko'rsatdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ammo, ularning barchasini golga aylantira olmadik. Shri-Lanka jamoasining himoyasini ham etirof etish kerak - ular juda yaxshi himoyalanishdi", -deydi Ravshan Haydarov.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати