O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi mumkin

Khoja
1 dek 2025, 09:43
Yakunlangan mavsumni "Navbahor"da o'tkazgan Jamshid Boltaboev faoliyatini vodiyning boshqa bir jamoasid davom ettirishi mumkin.

Yarim himoyachi 2026 yilgi mavsumni "Andijon"da boshlashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Boltaboev yakunlangan mavsumda namanganliklar safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

Avvalroq, "Andijon" "Lokomotiv" darvozaboni Rahimjon Davronov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia