

Championat.asia muxbiri Sherzod Nurmatovning ma'lum qilishicha, futbolchi faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi mumkin.
Avvalroq "Sivasspor" bilan xayrlashgan yarim himoyachiga "Neftchi" va "Paxtakor" qiziqayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, Turg'unboev so'nggi bir yarim yilni Turkiyada o'tkazdi. Uning "Sivasspor" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlangandi.



