O'zbekiston Liga kubogida Qirg'iziston va Tojikiston klublari ishtirok etadi

Alisher
10 mar 2020, 20:10
Kelasi oyda O'zbekiston Liga kubogi musobaqasiga start beriladi.

Musobaqada O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston jamoalari ishtirok etadi.

Xususan, Qirg'iziston Premer-ligasining "Dordoy", "Oloy", "Abdish Ota" va "Kaganat" jamoalari musobaqada qatnashadigan bo'ldi.

Turnir 1/32 finaldan boshlanadi, mamlakat chempionlari esa o'z ishtirokini 1/8 finaldan boshlashadi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa o'tgan yil tashkil etilgan bo'lib, unda "Paxtakor" g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.


Taqvim

1/32 final - 7-8 aprel

1/16 final - 22-23 aprel

1/8 final - 29-30-31 may

1/4 final - 5 avgust

1/2 final - 12 avgust

Final - 26 avgust

Liga kubogi Tojikiston va Qirg'iziston klublari uchun ochiq 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.akipress.org