O'zbekiston kubogi-2016. Finalda "Nasaf" "mehmon" bo'ladi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2016, 13:43
Bugun PFL 2016 yilgi O'zbekiston kubogi finalining nominal mezbonini aniqladi.

26 noyabr kuni yarim finalning javob bahsi bo'lib o'tadi. Bunyodkor va Lokomotiv juftligi g'olibi finalda nominal mezbon bo'ladi. Nasaf esa Samarqanddagi Dinamo stadionining mehmonlar uchun ajratilgan zaxira o'rindig'idan o'rin oladi.

Eslatib o'tamiz, final 30 noyabr kuni Samarqandda bo'lib o'tadi. Bahs soat 13.00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz