

Bahs taqdiri mezbonlar yarim himoyachisi Saymon Kabralning 57-daqiqasida urgan goli bilan hal bo'ldi. Qayd etish kerakki, 75-daqiqada mehmonlar hujumchisi Tariq Tissudali penaltini golga aylantira olmadi.
"Dibba"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Abdulla Abdullaev o'yinda to'liq harakat qildi.
"Dibba" 12 turdan so'ng 9 ochko bilan 14 jamoa ishtirokidagi ligada 12-o'rinda bormoqda, "Xorfakkan" esa 11 ochko bilan 10-o'ringa joylashgan.





