"Yuventus" oktyabr oyida ishdan bo'shatilgan Tudor bilan shartnomani bekor qildi. Murabbiy A Seriyada ishlay olmaydi

Alisher Ostonov
8 yanv 2026, 21:39
"Yuventus" va Igor Tudor rasman shartnomani bekor qildi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marcio.

Oktyabr oyida ishdan bo'shatilgan murabbiy endi turinliklar bilan bog'liq emas va boshqa xorijiy klublar bilan shartnoma imzolashi mumkin. Tudor joriy mavsumda "Yuventus"ga ustozlik qilgani uchun A Seriyada ishlay olmaydi.

Murabbiyning shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan edi.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyi oxirida "Yuventus" boshqaruviga Luchano Spalletti kelgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com