O'yindan keyin barcha charchoq chiqib ketdi - Odilbek Abdumajidov

Mirjalol Normatov
15 iyun 2022, 23:56
O'zbekiston - Yaponiya o'yinidan so'ng futbolchilarimiz o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Futbolchimiz Odilbek Abdumajidov ham Championat.asiaga intervyu berdi.

- Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikrlaringiz…

- Yaponiya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri sanaladi. Eng katta kuchimiz bo'lgan - muxlislarni stadionga kiritishmadi. Shunday bo'lsa ham xalqimizning duosi sabab yutdik. Nasib qilsa chempion bo'lamiz. 

- Bugungi o'yinga taktik tomonlama qanday tayyorgarlik ko'rilgan edi?

- Murabbiyimiz jamoalarning kamchiligi va ustun tomonlarini ko'rsatadi. Shunga qarab tayyorgarlik ko'rildi. 

- Qandaydir charchoq yo'qmi?

- O'yindan keyin barcha charchoq chiqib ketdi. Muxlislar finalda qo'llab-quvvatlashadi va chempion bo'lamiz!

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia