Oybek Bozorov Superkubok va Superliga 1-turini o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
11 fev 2022, 22:09
"Nasaf" jamoasi navbatdagi ikki o'yinda asosiy futbolchisisiz o'ynaydi.

Superliganing yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimida Laziz Qo'chqorovga O'zbekiston Kubogi finalida qizil kartochka olgan Oybek Bozorov borasida savol berildi.

O'zPFL vakili bunga shu tariqa javob berdi: "Kecha tartib-intizom qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Oybek Bozorovni ikki o'yinga chetlatilishi borasida qaror chiqarildi. U O'zbekiston Superkubogi hamda chempionatning 1-turida o'ynamaydi".

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia