Ouen: “Suares – zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri”

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2014, 18:33
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maykl Ouen Urugvay terma jamoasi hujumchisi to'g'risida ijobiy fikrlar aytib o'tdi.
“Men Suaresga o'xshash futbolchilarni eslay olmayman. Braziliyadagi jahon chempionatida, Suaresdan yaxshiroq markaziy hujumchi yo'q.

Suares zamonamizning eng  yaxshi hujumchilaridan biri. Aynan u, murabbiylarning bu poziciyaga boshqacharoq qarashga majbur qildi. Luis bu joyda o'ynaydigan har qanday futbolchidan ko'p gol uradi” – deydi Ouen.

Luis Suares jarohati sabab Kosta-Rikaga qarshi maydonga chiqa olmadi. Ammo Angliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvida ikki gol bilan jamoasining g'alabasini taminladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com