Ouen: "Mbappe, Messi va Neymar birgalikda PSJ hujumini zaiflashtirmoqda"

Alisher
16 sen 2021, 14:23
"Liverpul" va "Real" sobiq forvardi Maykl Ouen PSJning Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yini haqida gapirdi.

"Ko'pchilik parijliklarning hujum uchligidan hayratda. Mbappe, Neymar va Messi - bu juda kuchli. Bu aqlbovar qilmas klassdagi futbolchilar.

Ammo, ular birgalikda o'ynab, hujumni zaiflashtirishmoqda. PSJni Chempionlar Ligasi favoriti deb hisoblamayman", - deydi Maykl.

Parij grandi CHL guruh bosqich 1-tur doirasidagi "Bryugge"ga qarshi o'yinda 1:1 hisobini qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail