

Mazkur sovrin uchun ham Osiyo terma jamoalari, ham Osiyo klublarining o'yinchilari kurashdi. Birinchi o'rin "Tottenxem" forvardi Son Xyon Minga nasib qildi.

Kuchli beshlik quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Son Xyon Min ("Tottenxem") – 286 ball;
2. Syerdar Azmun ("Zenit") – 89;
3. Junior Negao ("Ulsan Xenday") – 83;
4. Andres Inesta ("Vissel Kobe") – 44;
5. Yun Bit Garam (Ulsan Xenday) – 30.
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov esa ro'yxatning 22-pog'onasidan o'rin egallagan (4 ochko). Xorazmlik futbolchi "Liverpul" forvardi Minamino va "Shanxay SIPG" hujumchisi Xalkdan oldinroqqa joylashgan.



