Osiyo Kubogi-2023'dagi birinchi qizil kartochkani tojikistonlik futbolchi oldi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024, 22:51
Tojikiston va Qatar o'rtasidagi o'yinda Osiyo Kubogi musobaqasining ilk qizil kartochkasi ko'rsatildi.

Uchrashuvning 81-daqiqasida Tojikiston terma jamoasi a'zosi Amadoni Kamolov raqibga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.

Yaponiyalik hakam Xiroyuki Kimura avvaliga lateralga sariq kartochka ko'rsatdi, biroq keyin VAR yordamidan foydalanib, qarorini o'zgartirdi va Tojikiston vakiliga qizil kartochka ko'rsatdi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia