O'rtoqlik o'yini. Husanov debyut qilgan bahsda "Lans" "Volfsburg" bilan durang qayd etdi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 19:51
"Volfsburg" AOK stadionida "Lans" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazildi.

Yozda "Lans"ga o'tgan Abduqodir Husanov bahsni zaxirada boshladi. Fransiyaliklar 81-daqiqada hisobni tenglashtirganidan so'ng Husanov maydonga tushib, "Lans"dagi debyutini o'tkazdi.


O'rtoqlik o'yini

"Volfsburg" - "Lans" 1:1

Gollar: Baku 76 - Machado 81.

"Volfsburg": Kastils, Ambros, Arnold, Bornau, Serni, Fisher, Franich, Filipp, Tomas, Van de Ven, Vind.

"Lans": Samba, Danso (ABDUQODIR HUSANOV 81), Medina (Diuf 64), Frankovski, Spirings (Kortes 64), Abdul Samid, Pereyra da Kosta (Sotoka 64), Fulgini, Tomasson, Gilavogi (Xaydara).



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia